Britaniya Rossiyaga qarshi tayyorlagan “eng qattiq sanksiyalar”ini e’lon qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorladi, ular “Kreml uchun ahamiyatli” bo‘lgan kompaniyalar va shaxslarga ta’sir qiladi. Bu haqda Britaniya Tashqi ishlar vaziri Liz Trass ma’lum qildi.

“Bu biz Rossiyaga nisbatan joriy qiladigan eng qattiq sanksiyalar rejimi bo‘ladi va Yevropa Ittifoqidan chiqqanimizdan keyin yondashuvimizdagi eng katta o‘zgarish bo‘ladi”, degan Trass. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya ustida ishlayotgan sanksiyalar paketi 10 fevralgacha tasdiqlanadi. London “Kremlning tajovuzkor va beqarorlashtiruvchi harakatlari uchun mas’uliyatni baham ko‘rgan”larga nisbatan cheklovlar qo‘yish vakolatiga ega bo‘ladi. 

“Ularning Buyuk Britaniyadagi aktivlari muzlatiladi. Britaniya korxonalari yoki jismoniy shaxslari ular bilan bitim tuza olmaydi”, degan Trass. 

Qayd etilishicha, cheklovlar Buyuk Britaniyaga kirishni taqiqlashni ham o‘z ichiga oladi. 

London Moskvaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga tayyorlanayotgani haqida Trass bir kun avval e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihasi faqat Ukrainadagi vaziyat bilan bog‘liq bo‘lganlarga emas, balki “rus oligarxlari” va “Kremlni qiziqtiradigan” har qanday kompaniyalarning mulkiga cheklovlarni nazarda tutadi. Britaniya Rossiya energetika kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy qilishi mumkin. Cheklovlar iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga ham ta’sir qilishi ehtimoli bor. 

Rossiya Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Rossiya biznesiga hujum” sodir bo‘lsa, Moskva javob choralarini ko‘rishiga va’da bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Britaniya

Baholaganlar

600

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing