Britaniya Qrim ko‘prigining portlashiga aloqador emas – TIV
Olam
−
18 iyul 2023
3789Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Qrim ko‘prigining portlatilishiga aloqadorligini rad etdi. Vazirlik Rossiya Federatsiyasining ayblovlarini “asossiz spekulyatsiya” deb atadi. "Va biz uni boshqa izohlay olmaymiz", dedi vazirlik "Reuters"ga bergan izohida.
Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakilining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy bir kun avval, 17 iyul kuni BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida bunga shama qildi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya Federatsiyasi "ushbu teraktni tayyorlash va amalga oshirishda G‘arb, xususan, Britaniya razvedka xizmatlari qay darajada ishtirok etgani" haqida variantni ko‘rib chiqadi.
Bir kun avval, 17 iyul kuni Qrim ko‘prigi yana portlatilgan edi. U uchuvchisiz suv ustida harakatlanuvchi qurollar yordamida nishonga olingan. Natijada bir qiz yaralangan va uning ota-onasi halok bo‘lgan. Hujum yuzasidan jinoiy ish ochilgan. Rossiyalik tergovchilar voqeada Ukraina maxsus xizmatlarini aybladi. Kiyev esa hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.
O‘ktamjonov Oybek
LiveBarchasi