Britaniya qiroli og‘ir dardga chalingani tasdiqlanganidan so‘ng ilk bor ko‘rinish berdi (video)
Olam
−
12 fevral
4358Britaniya qiroli Charlz III saraton kasalligiga chalinganidan keyin birinchi marta omma oldida chiqish qildi. Bu haqda “The Telegraph” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 75 yoshli monarx va qirolicha Kamilla Norfolkdagi Sandringem qirollik mulkida joylashgan Avliyo Magdalalik Maryam cherkoviga tashrif buyurgan. Charlz III uni kutib olgan odamlarga qo‘l silkitib, kanon Pol Uilyams bilan qo‘l berib ko‘rishgan.
Britaniya qiroli saratonning qaysi turiga chalingani haqida batafsil ma’lumot berilmagan, biroq Britaniya OAVlarining xabarlariga ko‘ra, yanvar oyida u prostatasining kattalashishi tufayli shifoxonaga yotqizilgan va operatsiya qilingan. Ta’kidlanishicha, protsedura davomida monarxning saraton kasalligidan aziyat chekayotgani tasdiqlangan.
Bukingem saroyi ham Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ga saraton kasalligi tashxisi qo‘yilganini rasman e’lon qilgan.
Ma’lumot uchun, shifokorlar qirolga davolanish vaqtida davlat vazifalarini bajarishdan voz kechishni tavsiya qilgan bo‘lsa-da, u davlat ishlari bilan shug‘ullanishdan to‘xtamagan. Jumladan, u Britaniya hukumati rahbari Rishi Sunak bilan har hafta telefon orqali muloqot qilib turgan.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Buyuk Britaniya Qiroli Charlz III ning saratonga chalinganidan xabar topgach, unga maktub yozib, qirolga tezroq sog‘ayib ketishini tilagandi.
Ulkanbayeva Rayhona
LiveBarchasi