Qirolning qancha soliq to‘lashi ilk marta ochiqlandi

Olam

image
Buyuk Britaniya qiroli Charlz III 2024-2025 yillarda mamlakat byudjetiga 12,9 million funt sterling (taxminan 17 million dollar) soliq to‘lagani oshkor qilindi. Bu haqda kecha, 25 iyun kuni qirollik rasmiylari ma’lumotlariga tayanib, “Reuters” xabar qildi.

Qayd etilishicha, qirol to‘lagan soliq miqdori birinchi marta jamoatchilikka ma’lum qilinmoqda va u Britaniyaning eng yirik 100 nafar soliq to‘lovchisi qatoriga kirgan. Shu vaqtgacha ushbu to‘lovlar miqdori jamoatchilikka ma’lum qilinmagan edi.

Britaniya qonunchiligiga ko‘ra, qirol daromad, kapital o‘sishi yoki meros solig‘ini to‘lashga majbur emas. Biroq Charlz III onasi Yelizavetta II kabi 1993 yildan beri soliqlarni ixtiyoriy ravishda to‘lab keladi.

Ma’lumot o‘rnida, Qirol Charlz III sulolasi ham 1399 yildan buyon barcha Britaniya monarxlari kabi Lankaster gersogligi mulklaridan xususiy daromad oladi. 2025-2026 moliya yilida bu daromad 25,2 million funt sterlingni tashkil etadi. Bundan tashqari, u boshqa mulklari va investitsiyalaridan ham daromad oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya qiroli Charlz III Bukingem saroyidagi 10 yillik rekonstruksiya ishlari kelasi yili yakunlangandan keyin ham uni doimiy qarorgoh sifatida ishlatmasligini ma’lum qilgandi.
 

Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing