To‘qayev Charlz III ning xastaligidan xavotirda
Olam
−
07 fevral
8299Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Buyuk Britaniya Qiroli Charlz III ning saratonga chalinganidan xabar topgach, unga maktub yozib, qirolga tezroq sog‘ayib ketishini tiladi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi xabar berdi.
“Qosim-Jomart To‘qayev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qiroli Charlz III ga tez va xavfsiz sog‘ayib ketishini tilagan telegramma yo‘lladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 6 fevral kuni Qirol Charlz III da saraton kasalligi aniqlangani ma’lum qilindi.
Shifokorlar qirolga ambulator davolanish vaqtida davlat vazifalarini bajarishdan voz kechishni tavsiya qilgan bo‘lsa-da, u davlat ishlari bilan shug‘ullanishda va qog‘ozlar bilan ishlashda davom etadi. Monarxning rasmiy vazifalariga parlament tomonidan qabul qilingan qonunlarni imzolash kiradi. Charlz III qirollik imzosi talab qilinadigan hujjatlarni, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi a’zolaridan hisobotlarni har kuni ertalab qizil portfelda oladi.
Bundan tashqari, Qirol har hafta Bosh vazirni Bukingem saroyida qabul qilib, mamlakat va dunyodagi eng muhim voqealarni muhokama qiladi. Britaniya matbuoti xabarlariga ko‘ra, bunday uchrashuvlar davom ettiriladi.
Bukingem saroyi shifokorlar Charlz III da saratonning qaysi turini aniqlaganiga aniqlik kiritmagan, vaholanki, Britaniya ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, gap prostata saratoni haqida ketmayapti, uning kattalashishi tufayli o‘tgan oyda Qirol shifoxonaga yotqizilgan va prostata bezida operatsiya qilingan. Jarayon davomida shifokorlar tashvishning yana bir sababini aniqlagan va testlar monarxning saraton kasalligiga chalinganini tasdiqlagan. Charlz III allaqachon davolanish kursini boshlagan, u ambulatoriya sharoitida o‘tadi.
LiveBarchasi