Britaniya fuqarolarini Isroil va Falastinga bormaslikka chaqirdi
Olam
−
07 Oktabr
1431Buyuk Britaniya o‘z fuqarolarini Isroil va Falastin hududlariga bormaslikka chaqirdi. Bu haqda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Britaniya fuqarolari va Britaniya vizasiga ega bo‘lganlar imkon qadar G‘azoni tezroq tark etishi va hukumat bilan tezroq aloqaga chiqishi kerak.
Shuningdek, vazirlik fuqarolariga G‘arbiy Sohilga bo‘lgan barcha sayohatlardan voz kechishi kerakligini ta’kidlagan.
“Harbiy amaliyotlar natijasida xorijlik fuqarolarning G‘azodan chiqib ketishi uchun hozircha chiqish yo‘llari mavjud emas, biroq biz Isroil, Misr va Iordaniya rasmiylari bilan muqobil yo‘llarni o‘rganish ustida ishlayapmiz”, deyiladi Britaniya Tashqi ishlar vazirligi xabarida.
Bundan tashqari, Britaniya G‘azo hududidagi fuqarolariga har qanday snaryad qoldiqlari va uning parchalariga duch kelganida ulardan darhol uzoqlashib, mahalliy hokimiyat organlariga murojaat qilishini so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qozog‘iston Respublikasi Yaqin Sharqdagi og‘ir siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda Isroil, Eron va Livandagi fuqarolarini evakuatsiya qilishi mumkinligi xabar qilingandi.
Shohjahon Majidov
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr