Britaniya 2024 yilda Ukrainaga 3 milliard dollardan ortiq harbiy yordam beradi

Olam

image

2024 moliya yilida Buyuk Britaniya Ukrainaga 2,5 milliard funt sterling (uch milliard dollardan ortiq) miqdorida harbiy yordam beradi. Bu haqda mamlakat hukumati bayonotida aytiladi.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak bugun, 12 yanvar kuni Kiyevga tashrifi arafasida ushbu harbiy yordamni e’lon qilgan.

Ajratiladigan mablag‘ning kamida 200 million funt sterlingi minglab dronlarni, jumladan razvedka, hujum va dengiz dronini sotib olish va ishlab chiqarishga sarflanadi. Hukumat bayonotida bu xarid tufayli Britaniya tomonidan Ukrainaga barcha mamlakatlarga qaraganda ko‘proq dron yetkazib berilishi qayd etilgan.

Bundan tashqari, moliyalashtirish Ukrainani uzoq masofaga uchuvchi raketalar, havo hujumidan mudofaa tizimlari va artilleriya o‘q-dorilari bilan ta’minlaydi. Shu bilan birga, insonparvarlik yordami doirasida Buyuk Britaniya yana 18 million funt sterling (taxminan 23 million dollar) ajratadi, uning bir qismi BMT va Qizil Xochni qo‘llab-quvvatlash hamda Rossiya hujumlari munosabati bilan Ukrainaning energetika infratuzilmasini mustahkamlashga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, Zelenskiy va Sunak mamlakatlar o‘rtasida xavfsizlik sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolashi rejalashtirilgan. U razvedka ma’lumotlarini almashish, kiberxavfsizlik, tibbiy va harbiy tayyorgarlik, mudofaa-sanoat hamkorligini o‘z ichiga oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Ukraina harbiy yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing