Britaniya ham Rossiyaning yirik energetika kompaniyalariga sanksiya kiritdi

Olam

image

Buyuk Britaniya Rossiyaning “Gazprom neft” va “Surgutneftegaz” kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda Britaniya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

“Birinchi marta Britaniya va AQSH to‘g‘ridan to‘g‘ri “Gazprom neft” va “Surgutneftegaz” kompaniyalariga sanksiyalar joriy qiladi”, deyiladi xabarda.

Britaniya rasmiylariga ko‘ra, kompaniyalarni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritishning sababi ularning Rossiya hukumati tomonidan foyda olishdagi ishtirokini yoki hukumatga yordam ko‘rsatishini o‘z ichiga oladigan, Rossiya hukumati uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan sohada, aniqroq aytganda, Rossiyaning energetika sektorida faoliyat yuritishi deya ko‘rsatilgan. Bundan tashqari ikkinchi sabab sifatida ularning hukumatga iqtisodiy ahamiyatga ega faoliyat olib borishiga ko‘maklashgani aytiladi.

Qayd etilishicha, sanksiyalar aktivlarni muzlatish va trast xizmatlarini ko‘rsatishni taqiqlashni nazarda tutadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jo Bayden boshchiligidagi AQSH ma’muriyati Rossiyaning energetika sektorini nishonga olgan yangi va jiddiy sanksiyalar paketini joriy etgani xabar qilingandi. Bu sanksiyalar Rossiyaning ikki eng yirik neft kompaniyasi va 183 ta kemani qamrab oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Buyuk Britaniya sanktsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing