BRICS yetakchilari hozircha yangi a’zolarni qabul qilmaslikka qaror qildi

Olam

image

Qozondagi sammitda BRICS ishtirokchilari davlat rahbarlari uyushmaga hozircha yangi a’zolarni qabul qilmaslikka, balki ba’zi mamlakatlarga assotsiatsiyaga sherik maqomini berishga qaror qilishdi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ma’lum qildi.

“BRICS davlatlari rahbarlari Qozonda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda 30-35 ta davlatning assotsiatsiyaga a’zo bo‘lish so‘roviga javoban, ayni damda guruhga yangi a’zolar qabul qilinmasligi, ba’zi mamlakatlar esa BRICS’ga hamkor sifatida qo‘shilishi haqida qaror qabul qildi”, dedi vazir.

Aroqchining qayd etishicha, Qozondagi sammitda BRICS davlatlari hamkor maqomini olish uchun davlat qanday mezonlarga javob berishi kerakligi haqida qoida ishlab chiqqan. Eronlik diplomatning ta’kidlashicha, mamlakat assotsiatsiyaga qabul qilinishi uchun uning barcha ishtirokchilari o‘rtasida konsensus bo‘lishi kerak.

Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning tushuntirishicha, 30 dan ortiq davlat BRICS’ga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgan va kelajakda assotsiatsiyaning kengayishi Qozondagi sammitda belgilangan hamkor davlat mezonlari filtri orqali amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, BRICS'ga 2006 yilda Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy tomonidan asos solingan va 2011 yilda Janubiy Afrika unga a’zo bo‘lgan. 2024 yilning 1 yanvarida Misr, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Efiopiya guruhning to‘liq a’zosi bo‘ldi. Bu yil assotsiatsiyaga Rossiya raislik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 24 oktyabr kuni Qozonda bo‘lib o‘tgan “autrich” / “BRICS plyus” yig‘ilishida Falastin Prezidenti Mahmud Abbos mamlakati BRICS guruhiga qo‘shilish istagi borligini tasdiqlagandi. Mahmud Abbos sammit doirasida bo‘lib o‘tgan Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan uchrashuvda Falastin BRICS’da guruh uchun qulay shaklda ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozon BRICS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing