BRICS sammitiga borganlar qanday taomlar bilan siylandi? 

Olam

image

Kecha, 23 oktyabr kuni Qozon shahrida BRICS sammiti doirasida turli davlat rahbarlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlardan so‘ng yetakchilar uchun dasturxon yozildi. “News.ru” nashri sammit ishtirokchilariga taqdim etilgan taomlar menyusini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, kechki ovqat menyusiga an’anaviy tatar taomlari kiritilgan. Xususan, ularga qistibi – kartoshka pyuresi bilan to‘ldirilgan an’anaviy non, osetrina balig‘i va qo‘ziqorinli chuchvara, shuningdek, qo‘zichoqning dimlangan oyog‘i tortilgan.

Qabul marosimi “Kazan Ekspo” maydonida bo‘lib o‘tgan. Mehmonlarni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kutib olgan.

Ma’lumot uchun, BRICS birlashmasi 2006 yilda tashkil etilgan. Hozirda Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Misr va Efiopiya uning a’zolaridir.
22-24 oktyabr kunlari Qozon shahrida Rossiya Federatsiyasining assotsiatsiyaga raisligining muhim voqeasi bo‘lgan BRICS’ga a’zo davlatlar rahbarlarining o‘n oltinchi sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda 30 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Sammitda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Qozonga yetib bordi. U sammit doirasida Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, va Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusef bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Mirziyoyev, shuningdek, Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixonov bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvdan so‘ng O‘zbekiston rahbarini Tatariston Respublikasining davlat mukofoti – “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu mukofotni Tatariston Raisi Rustam Minnixonov tantanali ravishda topshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

BRICS taomlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing