BRICS'ga beshta davlat qo‘shildi

Olam

image

Saudiya Arabistoni, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron va Efiopiya 2024 yilning 1 yanvarida BRICS guruhiga (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika) rasman qo‘shildi. Bu haqda “Daily News Egypt” axborot agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bu kengayish BRICS'ning ahamiyati va ta’siri ortib borayotgani bilan bog‘liq.

2023 yilning avgust oyi holatiga ko‘ra, 40 ta davlat BRICS'ga qo‘shilish istagini bildirgan, ulardan 20 ga yaqini tashkilotga a’zo bo‘lishni rasman so‘ragan.

Ma’lumot uchun, Rossiya 2024 yilning 1 yanvaridan BRICS'ga raislik qila boshlagan. Rossiya raisligi davrida 200 ga yaqin tadbirlar, jumladan 10 tasi vazirlar darajasida rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning so‘nggi kunlarida  Argentina BRICS'ga a’zolikdan rasman voz kechgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Xitoy Hindiston Janubiy Afrika BRICS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing