Brazilyada ichida futbol muxlislari bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi
Sport
−
21 avgust 2023 2834 1 daqiqa
Braziliyaning San-Paulu shahriga ketayotgan avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat quruqlik transporti Milliy agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa kecha, 20 avgust kuni Belu-Orizonti shossesida sodir bo‘lgan. Halok bo‘lganlarning barchasi “Korintians” futbol klubi muxlislari edi.
Avtobus Braziliya chempionati doirasida “Korintians” va “Kruzeyro klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng San-Pauluga qaytayotgan bo‘lgan. Mashina salonidagi 46 kishining 7 nafari voqea joyida halok bo‘lagan, 27 nafari esa turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
“Korintians” jamoasi a’zolari voqeadan chuqur qayg‘uda ekanini ma’lum qildi va qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi. Shuningdek, Braziliyaning boshqa bir qator futbol klublari ham ularga ta’ziya izhor qildi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning markaziy qismidagi Yozgat viloyatida yo‘lovchi avtobusining halokatga uchrashi oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, qarshi chiziqqa chiqib ketishi oqibatida avtobus 20 metr balandlikdan qulagan.
Live
Barchasi