Braziliyada sayyohlar avtobusi jarlikka qulab tushdi. Qurbonlar bor
Olam
−
25 noyabr
1200Braziliyada sayyohlarni olib ketayotgan avtobus jarlikka qulab tushishi oqibatida 23 yo‘lovchi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, UOL xabar berdi.
Nashrning yozishicha, avtohalokat Alagoas shtati hududida yuz bergan. Taxminlarga ko‘ra, avtobusda 50 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan 22 nafari voqea joyida halok bo‘lgan. Bir yo‘lovchi – homilador ayol shifoxonada vafot etgan.
Avtobus yo‘lovchilarni tog‘li hudud orqali Kilombu Palmaris xotira parkidagi tadbirlarda ishtirok etish uchun olib ketayotgan bo‘lgan. Ammo haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, transport vositasi jarlikka qulagan. Voqea joyiga zudlik bilan 29 nafar qutqaruvchi, shuningdek, tibbiyot vertolyoti va tez yordam mashinalari yuborilgan. Omon qolgan yo‘lovchilar, jumladan, bolalar shifoxonaga yetkazilgan. Ayrim jarohatlanganlar og‘ir ahvolda.
Alagoas gubernatori Paulu Dantas voqea munosabati bilan davlatda uch kunlik rasmiy motam e’lon qilgan va qurbonlarning oilalari hamda do‘stlariga hamdardlik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokiston shimolidagi Hind daryosiga avtobus tushib ketishi oqibatida kamida 22 kishi halok bo‘lgan edi.
LiveBarchasi