Braziliya faqat Neymar bilangina Jahon chempioni bo‘la oladi – Romario
Sport
−
16 yanvar 1951 1 daqiqa
Braziliya futboli afsonasi va mamlakat siyosatchisi Romario Neymarsiz Braziliya Jahon chempioni bo‘la olmasligini aytdi.
“Braziliya faqat Neymar bilangina keyingi Jahon chempionatida g‘alaba qozonish imkoniyatiga ega. Braziliya 1962 yilda Garrincha, 1970 yilla Pele, 1994 yilda Romario va 2002 yilla Ronaldo uchun o‘ynagan. 2026 yilda agar terma jamoa Neymar uchun o‘ynamasa, kubokni qo‘lga kirita olmaydi”, deydi Romario.
Ma’lumot o‘rnida, 32 yoshli Neymar Braziliya terma jamoasidagi faoliyatini 2010 yilda boshlagan va hozirga qadar 128 ta o‘yin o‘tkazib, 79 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ayni damga kelib, u og‘ir jarohat sabab, uzoq muddatga safdan chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Neymar AQSH chempionati vakili bilan muzokaralar boshlagani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr