Brakonerlar noyob jonivorlarni o‘ldirdi
Jamiyat
−
05 avgust 2019
6436Joriy yilning 3 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi Ekologik nazorat inspektorlari tomonidan Taxtako‘pir tumani hududida amalga oshirilgan navbatdagi reyd davomida brakonerlarning qonunga xilof ravishda jayron ovlab, qaytayotgani aniqlandi.
Taxtako‘pir tumani “Qoӊыratkөl” OFYda fuqarolar M.D., T.M., A.J. hamda Q.Q. boshqaruvidagi UAZ-469 markali, davlat belgisi 95 J752EA bo‘lgan avtotransport tegishli tartibda to‘xtatildi. Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari bo‘limi xodimlari tomonidan avtotransport tekshirilganda O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan 3 bosh otib o‘ldirilgan jayron, ov quroli borligi aniqlandi.
Tekshirish davomida fuqaro Q.Q. ga tegishli bo‘lgan IJ-58 2x12 kalibrli № R-05351-son ov quroli, projektor, o‘q va o‘q qatorlar, 3 bosh jayron ashyoviy dalil sifatida olindi.
Huquqbuzar shaxslar tomonidan hayvonot dunyosi ob’ektlaridan foydalanish, O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilish sohasidagi qonunchilik talablari buzilgan bo‘lib, hozirda tabiatga yetkazilgan zarar va jarima miqdori aniqlanmoqda.
LiveBarchasi