79 yoshli ayolni o‘ldirishda ayblanayotgan erkak kimligi aniqlandi
3-sahifa
−
31 may 2021 15105 1 daqiqa
Avvalroq Andijonda 79 yoshli ayol joynamoz ustida shafqatsizlarcha o‘ldirilgani haqida xabar bergan edik. Qotillikda dastlab ayolning kelini gumonlandi, keyinroq esa uni kelini emas, boshqa bir erkak o‘ldirgani ma’lum qilindi.
Bosh prokuratura Matbuot kotibi mazkur jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan shaxs marxumaning sobiq kelini bilan turmush qurgan 1977 yilda tug‘ilgan E.M. (erkak) ekanini ma’lum qildi.
Hozirda unga sudning ajrimi bilan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.
Eslatib o‘tamiz, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi "d" bandi (Jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan qo‘zg‘atilgan.
Live
BarchasiAkademik Abdulla Ubaydullayev vafot etdi
12 dekabr