Bozorlarda narx-navo qanday?
Jamiyat
−
21 Yanvar 2022 7644 1 daqiqa
O‘zbekistondagi markaziy dehqon bozorlarida go‘sht 45 000 – 80 000 so‘mdan sotilmoqda, kartoshkaning qimmati 8 000 so‘m. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazgan kuzatuv natijalari bo‘yicha ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari e’lon qilingan.
Joriy yil 19 yanvar holatiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari quyidagicha:
- Suyakli mol go‘shti (1 kg) — 45000 – 68000 so‘m
- Qo‘y go‘shti (1 kg) — 54000 – 80000 so‘m
- Kartoshka (1 kg) — 3000 – 8000 so‘m
- Piyoz (1 kg) — 1500 – 4000 so‘m
- Sabzi (1 kg) — 1000 – 5000 so‘m
- Tuxum (10 dona) — 6000 – 14000 so‘m
- Guruch (1 kg) — 5000 – 17500 so‘m
- O‘simlik yog‘i (1 l) — 14000 – 24000 so‘m
- Shakar (1 kg) — 7500 – 10500 so‘m
Statqo‘m narxlar kuzatuv amalga oshirilayotgan vaqtda qayd etiladi. Ma’lumotlarni to‘plash vaqti, sanasi hamda joyi o‘zgarishiga qarab, narxlar o‘zgarishi mumkinligini eslatib o‘tgan.
Live
Barchasi
Turkiyadagi konda portlash yuz berdi
23 Oktyabr