Bozorlarda go‘sht, kartoshka va piyoz narxlari oshdi
Jamiyat
−
20 yanvar 2023
160022023 yil 18 yanvar holatiga ko‘ra, bozorlarda bir necha mahsulotlarning narxi oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Narxlar 2022 yil 16 dekabr kungi holat bilan solishtirma qilib olingan.
Hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari:
- Suyakli mol go‘shti (1 kg) 49 500 – 80 000 so‘m (1500-2000 so‘mga oshdi)
- Qo‘y go‘shti (1 kg) 54 000 – 91 000 so‘m (1000 so‘mga oshdi)
- Kartoshka (1 kg) 3500 – 7000 so‘m (1000 so‘mga oshdi)
- Piyoz (1 kg) 3500 – 10 000 so‘m (4500 so‘mga oshdi)
- Sabzi (1 kg) 2500 – 5 500 so‘m (500 so‘mga oshdi)
- Tuxum (10 dona) 11 000 – 18 000 so‘m (1000 so‘mga oshdi)
- Guruch (1 kg) 6500 – 28 000 so‘m (1000 so‘mga oshdi)
O‘simlik yog‘i (1l 16 000 – 30 000 so‘m) va shakar (1kg 11 000 – 14 000 so‘m) 1000 so‘mga arzonladi.
Eslatib o‘tamiz, “EastFruit” nashri O‘zbekistonda sovuq tufayli piyoz narxi oshishini prognoz qilgandi.
LiveBarchasi