Bozorqo‘mlar orasida “Navro‘z” restorani sobiq rahbari ham sudlanmoqda

Jamiyat

image

Avvalroq, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida Toshkentdagi yirik bozorlar rahbarlari va boshqa jinoiy guruh a’zolari ustidan sud o‘z ishini boshlagani haqida xabar bergan edik. Ayni vaqtda 22 kishi ustidan mahkama yuritilmoqda. 

Ular orasida poytaxtda joylashgan “Navro‘z” restorani – “Navro‘z davlat qabullar uyi” DK direktori lavozimida ishlagan Dilshod Tillyaxodjayev ham bor. QALAMPIR.UZ manbasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Tillaxodjayevga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184 (soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash), 189 (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 209 (mansab soxtakorligi) moddalariga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, “Navro‘z” restorani – “Navro‘z davlat qabullar uyi” respublikaning nufuzli tadbirlari o‘tkaziladigan asosiy marosim zallaridan biri hisoblanadi. 

Eslatib o‘tamiz, jinoiy javobgarlikka  tortilgan bozorqo‘mlardan biri – “Bek To‘pi” bozori sobiq rahbari 57 yashar Shukrillaxon Ergashev joriy yilning 30 mart kuni tergov izolyatorida vafot etdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

sud bozorqo'mlar

Baholaganlar

186

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing