Bojxonada 8,6 tonna noqonuniy meva ushlandi
O‘zbekiston
−
24 Dekabr 2019 6539 1 daqiqa
Buxoro viloyatida bojxonadan 8,6 tonna mevaning noqonuniy olib o‘tilishi to‘xtatildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona posti orqali qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqarolar B.Yu, Sh.J, K.Z., va S.D boshqaruvidagi yuk avtomashinalari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Natijada, ushbu avtoulovlar yukxonalarida yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan, umumiy qiymati 130,3 million so‘mlik 8,6 tonna kivi mevalari borligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr