Bojxona to‘lovlaridan ozod qilingan tovarlar ro‘yxati tasdiqlandi
Jamiyat
−
19 dekabr 2019
8371O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, shuningdek, xomashyo va materiallar, tibbiyot buyumlari va qadoqlash materiallari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, qaror bilan 2022 yil 1 yanvarga qadar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadigan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno) 1 382 ta nomdagi dori vositalari ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xomashyo va materiallar, tibbiyot buyumlari va qadoqlash materiallari ro‘yxati tasdiqlandi.
Shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari hamda farmatsevtika ishlab chiqarish binolari uchun “toza xonalar”, sendvich-panellar va ventilyatsiya tizimlari ro‘yxati ham tasdiqlandi.
LiveBarchasi