Bojxona postidan 18 millionlik dorilarni noqonuniy olib o‘tgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
08 iyun 2023
4752Toshkent viloyati “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postidan qorin qismida dorilarni bog‘lab, yashirib olib kirayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, dastlab “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni mamlakatdan kirib kelayotgan fuqaro xatti-harakatlari bojxona xodimlarining e’tiborini tortgan. O‘tkazilgan ko‘rik natijasida fuqaroning qorin qismiga joylashtirilgan, umumiy qiymati 18 mln so‘m bo‘lgan dori vositalarini qayta sotish maqsadida olib kelayotganligi aniqlangan.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Ma’lumot uchun, fuqarolarni sifatli, samarali va xavfsiz farmasevtika mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida "Dorilar va farmasevtika faoliyat haqida" Qonuniga muvofiq, dori vositalarini va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilish faqat dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi.
LiveBarchasi