Boysunda Lacetti va Cobalt to‘qnashuvida ikki kishi qurbon bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 13 oktyabr kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida Lacetti va Cobalt ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

YTH soat 04:30 larda Boysun tumani, “To‘da” MFY hududidan o‘tuvchi  4R-105 avtomobil yo‘lining 19-kilometrida yuz bergan. Haydovchi, 1987 yilda tug‘ilgan S.O. Lacetti rusumli avtomobil tezligini me’yoridan oshirgan holda boshqarayotib, o‘zidan oldinda bo‘lgan transport vositasini quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan vaqtida qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1994 yilda tug‘ilgan J.X. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

Natijada, Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi 33 yoshli S.O. va Cobalt rusumli avtomobil yo‘lovchisi 30 yoshli A.I. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan. Shuningdek, Cobalt rusumli avtomobil yo‘lovchisi 31 yoshli N.N. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Boysun tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Surxondaryo

Baholaganlar

144

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing