Boysunda ikki ming yillik tarixga ega qabr va buyumlar topildi (foto)

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida ikki ming yillik tarixga ega qabr va buyumlar topildi. Bu haqda viloyat hokimligi ma’lum qildi. 

Keltirilishicha, Shimoliy g‘arbiy universitetning Buyuk ipak yo‘li tadqiqot markazi (Xitoy) professori Liang Yung boshchiligidagi ekspeditsiya a’zolari hamda Samarqand arxeologiya instituti va Farg‘ona davlat universiteti talabalari ishtirokidagi jamoa arxeologiya ishlarini olib borgan.

Ushbu jamoa tomonidan Boysunning “Rabot” arxeologik yodgorligi hududidan ikki ming yillik tarixga ega «yuyeji» davriga mansub erkak va ayol suyak qoldiqlari, turli sopol buyumlar, metal va tosh taqinchoqlar, temir pichoqlar topilgan.

“Mazkur topilmalar insoniyat tarixini o‘rganishda muhim hisoblanib, tarixning ochilmagan sirlarini ochishga xizmat qiladi. Hozirda tadqiqot ishlari davom etmoqda¨, deyiladi hokimlik xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Boysun qabr buyum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing