Boysunda 2-liga futbolchilari o‘rtasida ommaviy janjal yuz berdi (video)

Sport

image

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida futbol bo‘yicha 2-ligada qatnashuvchi jamoalar o‘yini yakuniga yetgach, futbolchilar o‘rtasida ommaviy janjal sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat futbol assotsiatsiyasi (SFA) xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 4 oktyabr kuni Boysun tumanida futbol bo‘yicha 2-liga ishtirokchilari: “Boysun-1975” va “Qumqo‘rg‘on 1977” jamoalari o‘rtasida 6-turning qoldirilgan o‘yini bo‘lib o‘tgan. Unda “Boysun-1975” jamoasi 3:0 hisobida g‘alaba qozongan va uchrashuvdan so‘ng, futbolchilar o‘rtasida janjal kelib chiqqan. 

Shundan so‘ng, janjallashayotgan futbolchilarni ajratish uchun maydonga IIB va Milliy gvardiya xodimlari ham jalb etilgan hamda mehmon jamoa vakilidan birini maydondan olib chiqib ketishga uringan. Qayd etilishicha, Boysun tuman hokimi Asqarali Jo‘rayevning aralashuvi bilan organ xodimlari futbolchini qo‘yib yuborgan. Ushbu holatga SFA matbuot xizmati o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

Avvalroq, “Surxon” klubining ma’muriy boshqaruv ofisiga futbol klubining sobiq futbolchilari Javohir Esonqulov va Akrom Xo‘jayev kelgani va klub ofisida klubning ayrim xodimlari va mazkur futbolchilar o‘rtasida janjal yuz bergani xabar qilingandi.

Mazkur holatga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aniqlik kiritilguniga qadar O‘FA tomonidan “Surxon” klubi bosh direktori Azamat Abdurahmonov, sport direktori Abdumajid Toirov, futbolchilar Asror G‘ofurov, Javohir Esonqulov va Akrom Xo‘jayev futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Boysun Qumqo'rg'on Curxon O'zbekiston 2-liga

Baholaganlar

201

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing