“Boysun” TZ nazorati Prezident Administratsiyasi rahbariga yuklandi
Jamiyat
−
15 avgust 2019
9933Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida maxsus turizm zonalarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Jizzax, Namangan, Surxondaryo va boshqa viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda turizm zonalarini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilishning batafsil rejasini ishlab chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilandi.
Turizm zonalarida investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish ustidan nazorat:
“Zomin” bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor O‘ktamovichUmurzoqov;
“Nanay” bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Jumaniyozovoich Ramatov;
“Boysun” bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Shahobbidinovich Nizomiddinov zimmasiga yuklandi.
LiveBarchasi