TIV Turkiya orqali yuk tashuvchi haydovchilarni ogohlantirdi

Jamiyat

image

Turkiya mamlakat hududida xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish kiritdi. Bu haqda O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi ma’lum qildi deya xabar bermoqda TIV.

Xabar berilishicha, xorijlik haydovchilarga iloji boricha tezroq mamlakatdan chiqib ketish sharti bilan 14 kunlik karantin davrini kutmasdan Turkiya hududiga kirishga ruxsat beriladi.

Kema orqali xorijiy yuk tashuvchilarga (Ro-Ro operatsiyalari) “Zonguldak-Chernomorsk (Illichivsk)”, “Istanbul-Chernomorsk”, “Karasuk-Chernomorsk”, “Konstanta-Karasu”, “Tashuju-Tripoli” va “Mersin-Hayfa” yo‘nalishlarida tashishni amalga oshiradigan kema bortida bo‘lishlariga ruxsat beriladi (ilgari haydovchilarning kemaga kirishiga ruxsat berilmagan, faqat yarim tirkamalar/tirkamalar qabul qilingan).

Kasallik alomatlari aniqlansa, chet ellik haydovchilarning Turkiya hududiga kirishi rad etiladi.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Turkiya hududi orqali xalqaro yuk tashishni rejalashtirayotgan fuqarolarga Turkiya tomonining ushbu qarorini inobatga olishni tavsiya qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya yuk tashuvchi

Baholaganlar

179

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing