Botir Qodirov Zohirshoh Jo‘rayevni sudga berdi
Madaniyat-san’at
−
23 aprel
45574O‘zbekistonlik taniqli xonanda Botir Qodirov Zohirshoh Jo‘rayevni sudga berdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, bugun, 23 aprel kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudida otalikni belgilash bo‘yicha Botir Qodirovning da’vo arizasi asosida sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Sudni fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi sudyasi Lola O‘tanboyeva ko‘rib chiqdi.
Bildirilishicha, mazkur ishni ko‘rish 15 aprel kuniga tayinlangan. Biroq javobgar vakili ish bilan tanishish uchun ishni ko‘rishni boshqa kunga qoldirishni so‘ragani sababli u bugun ko‘rib chiqilgan. Sud majlisida da’vogar vakilining ko‘rsatmasi eshitilib, guvohlarni ishga jalb etish va qo‘shimcha dalillarni talab qilib olish uchun ishni ko‘rish 2 mayga qoldirilgan.
Da’vo arizasiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining 2023 yil 29 sentyabrdagi mutaxassis fikri ilova qilingan bo‘lib, Nurmatov Xalimjon bilan Qodirov Botir Sheraliyevichning amaki-jiyan ekanligi bo‘yicha fikr berilgan.
Yangiyo‘l tuman FHDYO bo‘limi tomonidan 2008 yil 26 fevralda familiyasini “Jo‘rayev”dan “Qodirov”ga, otasining ismini “Sherali o‘g‘li”dan Sheraliyevich”ga o‘zgartirilganligi haqidagi 46-va 48-ilovalar taqdim etilgan.
Ma’lumot uchun, Zohirshoh Jo‘rayev O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li hisoblanadi. Botir Qodirov ham uning o‘g‘li ekani aytiladi.
Eslatib o‘tamiz, Sherali Jo‘rayev o‘tgan yilning sentyabr oyida 77 yoshida vafot etgan.
LiveBarchasi