Bosniya va Gersegovinada harbiy vertolyot ko‘lga qulab tushdi (video)

Olam

image

Bosniya va Gersegovina Qurolli kuchlarining vertolyoti ko‘lga qulab tushdi, oqibatda bir ekipaj a’zosi jarohat oldi. Bu haqda “Dnevni Avaz” nashri xabar bermoqda.

Bosniya va Gersegovina Qurolli kuchlarining vertolyoti EUFOR tinchlikparvar missiyasi bilan ertangi yillik qo‘shma mashg‘ulotlarga tayyorgarlik chog‘ida ko‘lga qulab tushgan.

“Barcha to‘rt ekipaj a’zosi qutqarib olindi, ulardan biri yaralandi va dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, eng yaqin shifoxonaga jo‘natildi”, deydi mahalliy politsiya matbuot kotibi Lyudevit Marich.

Nashr tomonidan e’lon qilingan videodagi vertolyot Bell Huey II bo‘lishi mumkin. Bosniya va Gersegovina Qurolli kuchlari 2021 yil AQSHdan Foreign Military Sales dasturi doirasida to‘rtta shunday vertolyot olgan. Rasmiy Sarayevo bunga 4,3 million dollar hissa qo‘shgan, qolgan 38,5 million dollarlik shartnoma summasi esa AQSH hisobidan qoplangan.

Ma’lumot uchun, Bosniya va Gersegovina Shimoliy Atlantika alyansining “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” dasturi a’zosi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qrimda Rossiya qiruvchi samolyoti dengizga qulab tushgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

vertolyot Bosniya Gertsegovina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing