Bosimni dorilarsiz tushirishning imkoni bormi?
Salomatlik
−
26 iyul 2021
10540Bosim bilan bog‘liq muammolarni dorilarsiz hal qilish mumkin. Bu haqda kardiolog Mariya Boyarinova ma’lum qilgan.
Mutaxassis e’tiborni avvalo ortiqcha vaznga qaratgan. Unga ko‘ra, semizlikda endokrin va asab tizimlarining faoliyati o‘zgaradi, bu esa bosimni oshiradi. Bundan tashqari, ortiqcha vazn xolesterin va qondagi qand miqdoriga salbiy ta’sir qiladi.
Ortiqcha vaznni yo‘qotish uchun oziq-ovqatning kaloriya miqdorini pasaytirish, shuningdek, suv muvozanatini saqlash kerak. Shu bilan birga, shifokor gipertoniya uchun suvni ko‘p iste’mol qilishni tavsiya etmagan. Bunda qishda bir kunda 1,8 litr, yozda yarim litrdan ko‘proq suyuqlik ichish kerakligi aytilgan.
Boyarinova shuningdek, tuz iste’molini kamaytirishga chaqirgan (kuniga besh grammdan ko‘p bo‘lmagan), uni boshqa ziravorlar bilan almashtirishni maslahat bergan. Shu bilan birga, u marinadlangan mahsulotlar, tuzlangan karam, dudlangan baliq, kolbasa mahsulotlaridan voz kechishni muhim deb bilgan.
Unga ko‘ra, shakar miqdori yuqori bo‘lgani sababli sharbatlar, shirinlik, yogurt va tvorog ham ratsiondan chiqarilishi kerak. Bundan tashqari, kardiolog kofeinning ko‘pligi qon bosimining keskin ko‘tarilishiga olib kelishi mumkinligini eslatgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, velosiped uchish, suzish, tez yurish kabi aerobik mashqlar gipertoniyadan aziyat chekadigan bemorlar uchun foydalidir. Bunday mashg‘ulotlarning intensivligi haftasiga besh soatdan oshmasligi kerak va ularga bir nechta kuch mashqlari qo‘shilishi mumkin.
Mutaxassis, shuningdek, sog‘lom uyquning muhimligini eslatgan (sakkiz soatdan kam bo‘lmagan uyqu). U stress darajasini nazorat qilishga ham chaqirgan, aks holda qon bosimni oshiruvchi gormonlar bilan to‘yinishi ta’kidlangan.