O‘zbekistonda sudyalarga bosim yo‘q (mi?)

Jamiyat

image

Bilamizki, bazi holatlarda yaxshigina lavozimni egallab turgan amaldorlarning ustidan ham jinoyat ishlari ko‘riladi. Bunda ular yoki ularning yaqinlari tomonidan sudyalarga bosim qilinishi ehtimolini ham yo‘q deya olmaymiz. Bu esa sudya  qarorida bir tomongan yon bosishiga olib kelishi mumkin. Yig‘ilishda qatnashgan QALAMPIR.UZ muxbiri O‘zbekistonda sudyalarga bosim bor yoki yo‘qligi bilan qiziqdi. 
Sudyalar Oliy kengashi raisi o‘rinbosari Alisher Jalilov savolga shunday javob berdi:

"Bu savollarga javob olishni biz anonim tarzda joriy qilganmiz. Ana shu so‘rovlar natijasiga ko‘ra tahlillar o‘tkazib turamiz. Agarda sudyaga nisbatan aralashuv yoki bosim bo‘ladigan bo‘lsa, albatta, o‘sha mansabdor shaxsga nisbatan qonunda belgilanga chora ko‘riladi. Bizda aynan menga bosim bo‘ldi, degan murojaat yo‘q", dedi u.

Ammo Sudyalar Oliy kengashining matbuot kotibi Tursunali Akbarov rais o‘rinbosarining balki shoshib, balki jahl ustida aytib qo‘ygan so‘zlarini to‘g‘irlab, O‘zbekistonda bunday holatlar uchrab turishi, ammo bu faqatgina amaldorlar tomonidan emas, balki boshqa shaxslar tomonidan ham sodir etilishini bildirdi. Bloger tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali jarayonda bo‘lgan sudga aralashish holati kuzatilgani, shuningdek, Xalq deputatlari mahalliy kengashining sudlarga turli vazifalar yuklash haqidagi 9 ta qarori chiqarilgani va keyinchalik bekor qilinganini misol tariqasida keltirdi. Akbarov so‘zini "umumiy olib qaraydigan bo‘lsak, turli shaklda bunday bosimlar bor", degan so‘zlar bilan yakunladi.


Maqola muallifi

Teglar

Sud'yalar bosim amaldorlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing