Boshlovchi Nilufar Sotiboldiyevani haqorat qilgan shaxs jazolandi

3-sahifa

image

Taniqli boshlovchi Nilufar Sotiboldiyevani Instagram platformasida haqorat qilib, izoh yozgan shaxs jazolandi. QALAMPIR.UZ sud hukmi bilan tanishdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yili 30 iyun kuni Navoiy viloyatida yashovchi fuqaro Sotiboldiyevaning Tailand davlatida qizi bilan olgan va Instagram sahifasiga joylashtirgan video ostida boshlovchini so‘kib, izoh qoldirgan. 

Sud majlisida sudlanuvchi aybiga to‘liq iqrorligini bildirgan. Nilufar Sotiboldiyeva esa ushbu holat sodir bo‘lgach mazkur shaxsga “sening ham oilang bormi? Nimaga bunday gaplarni yozasan”, deb murojaat qilganligi va uning rasmini o‘zining akkauntiga joylashtirgani, shundan so‘ng ushbu akkaunt egasi unga yana turli xil gaplarni yozib rasmlarni olib tashlashini so‘raganligi va ushbu holat bo‘yicha ariza bilan murojaat qilganligi, sudlanuvchi bilan yarashish mumkinligi va yarashuv instituti tartibi tushuntirilganligi, biroq yarashmasligini, zero qolganlarga dars bo‘lishini, sudlanuvchiga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab, ma’naviy zarar sifatida yuz million so‘m talab qilishi haqida ko‘rsatma bergan.

Sudya Bahrom Berdiyev sudlanuvchini O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 140-moddasi (Haqorat qilish) 2-qismi bilan aybdor deb topdi. Unga ish haqining 10 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. 

Jabrlanuvchi Nilufar Sotiboldiyevaga esa mazkur jinoyat ishi bo‘yicha yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar bo‘yicha fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilish huquqi borligi tushuntirilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Matyoqub Matchonov tanishini haqorat qilgani uchun jarimaga tortilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

haqorat Nilufar Sotiboldieva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing