Boshqirdistonning Birinchi Prezidenti Murtazo Rahimov vafot etdi

Olam

image

Kecha, 11 yanvar kuni Boshqirdistonning Birinchi Prezidenti Murtazo Rahimov 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda respublikaning amaldagi rahbari Radiy Xabirov ma’lum qildi.

“Murtazo Rahimov vafot etdi. O‘zini butunlay respublika va Rossiyaga xizmat qilishga bag‘ishlagan boshqird xalqining buyuk farzandi oldida bosh egamiz”, deb yozgan u.

Boshqirdiston parlamenti raisi o‘rinbosari Rustam Axmadinurovga ko‘ra, Rahimov uzoq davom etgan og‘ir kasallikdan so‘ng vafot etgan. Qayd etilishicha, 2022 yil iyul oyi oxirida Rahimov og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Ma’lumot uchun, Murtazo Rahimov 1934 yil 7 fevralda Boshqird ASSR Ko‘garchin tumani, Tavakanovo qishlog‘ida tug‘ilgan. 1993 yil noyabr oyida Rahimov Federatsiya Kengashi deputatligiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan va o‘sha yilning dekabr oyida Rahimov Boshqirdistonning Birinchi Prezidenti etib saylangan.

1998 yil 14 iyunda u ikkinchi muddatga Boshqirdiston Prezidenti lavozimiga qayta saylangan. 2003 yil Rahimov uchinchi marta Boshqirdiston Prezidenti etib saylangan.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Boshqirdiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing