Belaruslik futbol muxlislari koronavirus tufayli o‘yinlarni boykot qilmoqchi
Olam
−
02 aprel 2020
4324Belarus chempionatidagi "Neman" futbol klubining muxlislari koronavirus pandemiyasi sababli mamlakatdagi futbol o‘yinlarini boykot qilmoqchi. Ular odamlarni koronavirus xavfi ortayotgan bir paytda stadionlarga bormaslikka chaqirmoqda.
"Bizni "kimdir aldayotganini" bilamiz. Biz Belarusning barcha fan klub harakatlarini bunga chaqiramiz. Iltimos, uyda qolaylik”, deydi futbol muxlislaridan biri.
Muxlislar Yevropada davom etayotgan yagona chempionatni to‘xtatishga chaqirishdi. Keyinchalik ushbu tashabbusga mamlakatning boshqa yetakchi futbol klubi muxlislari qo‘shildi.
Ta’kidlanishicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Belarus hukumati o‘z fuqarolarini mamlakatdagi vaziyat to‘g‘risida to‘liq va muntazam ravishda xabardor qilmayotganini aytgan. Vaziyatni baholash uchun JSST missiyasi mamlakatga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, Litva Prezidenti Gitanas Nauseda belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenkodan respublikada epidemiyaning haqiqiy ko‘lamini oshkor qilmaganlikda gumon qilmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Belarusda 163 kishi koronavirus bilan kasallangan, ikki kishi vafot etgan, 53 kishi tuzalib ketgan. Mamlakatda karantin choralari joriy etilmagan, ommaviy tadbirlar bekor qilinmagan, chegaralar yopilmagan.
LiveBarchasi