Pandemiya paytida ommaviy izolyatsiya odamlarni o‘ldiradi - Lukashenko
Olam
−
01 aprel 2020
10147Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko pandemiya paytida odamlarning ommaviy izolyatsiyasiga qarshi chiqdi. Bu haqda Prezident Milliy Majlis Kengashi raisi Natalya Kochanova bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda ma’lum qildi.
"Xonadonlarga odamlarni qamash yechim emas. Biz bu yo‘l bilan odamlarni o‘ldiramiz. Esingizdami, bizga doim o‘rgatishgan narsa. Shifokorlar, agar siz SARS, gripp va boshqa kasalliklarga chalinsangiz, tashqariga chiqishingizni, toza havoda nafas olishingizni va xonani shamollatishingiz kerakligini aytishardi", deydi Lukashenko.
Davlat rahbari, shuningdek, odamlarni o‘z uylarida izolyatsiya qilish, ularni kasallanish xavfini oshirish mumkin, deb hisoblaydi. Uning fikricha, bunday sharoitda kasallanmagan odamni ham ahvoli og‘irlashadi.
"Shuning uchun, bugungi kunda odamlarni izolyatsiya qilishni maslahat beradiganlarni tushunmayapman. Biz har doimgidek yo‘nalishda ishlashimiz kerak", deydi Prezident.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Belarusda koronavirus bilan kasallanganlar 163 nafarni tashkil qilmoqda. Bir odam vafot etgan, 53 nafari ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lgan.
LiveBarchasi