Bosh vazir Pashinyanning ukasi YTHga uchradi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanning ukasi Armen Pashinyan poytaxt Yerevanda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi ishtirokchisiga aylandi. Bu haqda “Armlur” axborot portali kecha, 29 noyabr kuni xabar berdi.

Baxtsiz hodisa poytaxtning ma’muriy okrugi Malatiya-Sebastiya rayonida sodir bo‘lgan. 

“Jabrlanuvchi, Janubiy Kavkaz respublikasi hukumati rahbarining ukasi yo‘lni kesib o‘tayotgan edi. Haydovchi voqea joyidan qochib ketmagan”, deb yozadi agentlik. 

Armen Pashinyan jarohatlar bilan Yerevan tibbiyot markazlaridan biriga yetkazilgan. Shifokorlar uning ahvolini qoniqarli, deb baholamoqda. 

Mahalliy matbuotning yozishicha, Armen Pashinyan Armanistonga 2018 yildagi baxmal inqilobdan keyin ko‘chib o‘tgan. Bungacha u Rossiyada yashagan. Yuridik shaxslar davlat reyestriga ko‘ra, 2021 yil 9 aprelda Armen Pashinyan birdaniga ikkita kompaniya direktori bo‘ldi: “Go-Treyd” va “Mina-Mayya”. Respublika Davlat daromadlari qo‘mitasi (DDQ) ma’lumotlariga ko‘ra, “Go-Treyd” mas’uliyati cheklangan jamiyati qishloq xo‘jaligi texnikasi va uskunalarini lizing va ijaraga berish bilan shug‘ullanadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan

Baholaganlar

66

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing