Hukumat aholini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha qaror qabul qiladi
Jamiyat
−
17 Sentabr 2019
4899Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2019–2020 yil qish-bahor mavsumida respublika aholisi va ijtimoiy soha muassasalarini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror bilan:
• 2019-2020 yillar qish va bahor mavsumida ichki iste’mol bozorini kafolatli ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, "O‘zbekoziqovqatzaxira" uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan:
• 2019-2020 yillar qish va bahor mavsumiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arishning umumiy prognoz hajmlari;
• 2019-2020 yillar qish va bahor mavsumiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arishning tayyorlov tashkilotlari bo‘yicha prognoz hajmlari;
• 2019-2020 yillar qish va bahor mavsumiga "O‘zbekoziqovqatzaxira" uyushmasi hududiy tashkilotlari tomonidan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish prognoz hajmlari;
• 2019-2020 yillar qish va bahor mavsumiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan jalb qilinadigan hududiy tayyorlov tashkilotlarining asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish prognoz hajmlari;
• 2019-2020 yillar qish va bahor mavsumiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi muassasalari tomonidan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish prognoz hajmlari;
• 2019-2020 yillar qish va bahor mavsumiga O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi muassasalari tomonidan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish prognoz hajmlari;
• 2019-2020 yillar qish va bahor mavsumiga O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi muassasalari tomonidan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish prognoz hajmlari;
2019-2020 yillar qish va bahor mavsumiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini (kartoshka, piyoz, sabzi, guruch, karam va dukkakli mahsulotlar) zaxiraga jamg‘arishning reja-jadvali tasdiqlanadi.
Quyidagilar:
• O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi A.J. Vahobov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari zimmasiga - 2019-2020 yillar qish-bahor mavsumiga zaxiraga g‘amlash uchun zarur hajmlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, shu jumladan, takroriy ekin maydonlarida yetishtirish, ekilgan yerlarda shunday mahsulotlar yetishtirishni ta’minlash yuzasidan;
• "O‘zbekoziqovqatzaxira" uyushmasi raisi Z.O. Fayziyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga - 2019-2020 yillar qish-bahor mavsumida ichki iste’mol bozorini ta’minlash uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xarid qilishga o‘z vaqtida shartnomalar tuzish va zaxiraga g‘amlash hamda ichki iste’mol bozorida talab va ehtiyojni hisobga olgan holda ularning sotilishi yuzasidan;
• O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri A.Q. Shodmonov, Xalq ta’limi vaziri Sh.Sh. Shermatov, Maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga - ijtimoiy soha muassasalarining ehtiyojlari uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xarid qilishga o‘z vaqtida shartnomalar tuzish va zaxiraga g‘amlash hamda ulardan samarali va maqsadli foydalanilishi yuzasidan;
• O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga - asosiy turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini 2019-2020 yillar qish-bahor mavsumiga zaxiraga g‘amlash uchun ijtimoiy soha muassasalarini va ular tomonidan jalb etiladigan tayyorlov tashkilotlarini o‘z vaqtida moliyalashtirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklanadi.
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, "O‘zbekoziqovqatzaxira" uyushmasi bilan birgalikda joriy yilning 1 noyabriga qadar 2019-2020 yillar qish-bahor mavsumiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga g‘amlash uchun mahsulot ishlab chiqaruvchilar, tayyorlov tashkilotlari va ijtimoiy soha muassasalari o‘rtasida istisno tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini ta’minlaydilar.
• Tuzilgan shartnomalarning natijalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot taqdim etiladi.
Quyidagilar:
• 2019-2020 yillar qish va bahor mavsumi uchun ichki iste’mol maqsadlari uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish va maqsadli ishlatishni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika ishchi guruhi;
• 2019-2020 yillar qish va bahor mavsumi uchun ijtimoiy soha muassasalari ehtiyojlariga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish va maqsadli ishlatishni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika ishchi guruhi;
• 2019-2020 yillar qish va bahor mavsumi uchun ichki iste’mol va ijtimoiy soha muassasalari ehtiyojlariga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilishga bank kreditlari ajratish va byudjet, byudjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan moliyalashtirish masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika ishchi guruhi;
• 2019-2020 yillar qish va bahor mavsumida ichki iste’mol va ijtimoiy sohalar ehtiyojlari uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish va savdoga chiqarish yuzasidan monitoring olib borish bo‘yicha respublika ishchi guruhi;
• 2019-2020 yillar qish va bahor mavsumi uchun ichki iste’mol maqsadlari va ijtimoiy sohalar ehtiyojlari uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish, ichki bozorga savdoga chiqarish va ijtimoiy soha muassasalari tomonidan ishlatilishini nazorat qilish bo‘yicha respublika ishchi guruhi tasdiqlanadi.
• 2019-2020 yillar qish va bahor mavsumi uchun ichki iste’mol maqsadlari va ijtimoiy sohalar ehtiyojlari uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish, zaxira tadbirlarini bank kreditlari va byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish, ichki bozorga savdoga chiqarish,ijtimoiy soha muassasalarida o‘z ehtiyojlari uchun ishlatilishini muvofiqlashtirish va monitoring olib borish bo‘yicha respublika ishchi guruhlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
• a) 2019-2020 yillar qish va bahor mavsumi uchun ichki iste’mol maqsadlari asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish va maqsadli ishlatilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika ishchi guruhiga (Vahobov):
• qish va bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini hududlar bo‘yicha zaxiraga jamg‘arishning belgilangan prognoz hajmlari bajarilishi yuzasidan monitoring natijalarini tanqidiy muhokama qilib borish;
• qishloq xo‘jaligi mahsulotlari aholi ehtiyojiga nisbatan kam yetishtiriladigan hududlar zaxirasi uchun yetishmaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi ehtiyojdan ortiqcha bo‘lgan hududlar hisobiga qoplash chora-tadbirlarini ko‘rish;
• mahalliy hokimliklar hamda "O‘zbekoziqovqatzaxira" uyushmasi tomonidan zaxira tadbirlariga jalb etilgan tayyorlov tashkilotlari bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida mahsulot yetkazib berish yuzasidan istisno tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontraktatsiya shartnomalari tuzish ishlarini samarali tashkil etilishini nazorat qilish;
• zaxira tadbirlariga jalb etilgan tayyorlov tashkilotlari tomonidan zaxira maqsadlari uchun talab etiladigan mablag‘lar bo‘yicha tijorat banklariga buyurtmalarni taqdim etilishini va mablag‘lar ajratilishini nazorat qilish;
• zaxira maqsadlari uchun omborxonalar va sovutgichli sig‘imlar yetishmayotgan hududlarga boshqa hududlardagi ortiqcha sig‘imlarni biriktirish hisobiga mavjud sig‘imlardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish;
• qish-bahor oylarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ichki iste’mol bozorida narxlar kon’yunkturasini doimiy monitoringini olib borish va o‘zgarishini prognoz qilish asosida narxlar keskin o‘zgarishining oldini olish maqsadida tasdiqlangan tarmoq jadvallari ijrosini nazoratga olish va zarur hollarda unga tegishli tuzatishlar kiritish;
• mahsulotlarni zaxiraga jamg‘arishning belgilangan prognoz hajmlari va sotishga chiqarish tarmoq jadvallari bajarilishi yuzasidan o‘tkazilgan monitoring natijalari asosida zaxira maqsadlari uchun mahsulotlarni xarid qilish, tayyorlash, saqlash va sotish bilan bog‘liq aniqlangan muammolarni tezkor bartaraf etish choralarini ko‘rish;
• b) 2019-2020 yillar qish va bahor mavsumi uchun ijtimoiy soha muassasalari ehtiyojlariga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish va maqsadli ishlatilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi guruhiga (Abduhakimov):
• qish va bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ijtimoiy soha muassasalari bo‘yicha zaxiraga jamg‘arishning belgilangan prognoz hajmlari bajarilishi yuzasidan monitoring natijalarini tanqidiy muhokama qilib borish;
• ijtimoiy soha muassasalari bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida mahsulot yetkazib berish yuzasidan istisno tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontraktatsiya shartnomalari tuzish ishlari samarali tashkil etilishini nazorat qilish;
• zaxira tadbirlariga jalb etilgan ijtimoiy soha muassasalari tomonidan zaxira maqsadlari uchun talab etiladigan byudjet mablag‘lari bo‘yicha buyurtmanoma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlash;
• mahalliy hokimliklar bilan birgalikda ijtimoiy soha muassasalari tomonidan zaxiraga jamg‘ariladigan mahsulotlarni sifatli saqlash uchun omborxonalar va sovutgichli sig‘imlar masalasini hal qilish;
• ijtimoiy soha muassasalarida zaxiraga jamg‘arilgan mahsulotlar maqsadli ishlatilishini nazorat qilish;
• v) 2019-2020 yillar qish va bahor mavsumi uchun ichki iste’mol va ijtimoiy soha muassasalari ehtiyojlariga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga xarid qilishga bank kreditlari ajratish va byudjet, byudjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan moliyalashtirish masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi guruhiga (Qo‘chqorov):
• qish va bahor oylarida ichki bozorni kafolatli ta’minlash va narxlarni barqaror saqlanishini ta’minlash maqsadida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish tadbirlariga jalb etilgan tayyorlovchi korxonalarning kredit mablag‘lari bo‘yicha buyurtmanomalari tijorat banklarida ko‘rib chiqilishini nazorat qilish;
• ijtimoiy soha muassasalari ehtiyoji uchun zaxiraga jamg‘ariladigan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilishga talab etiladigan mablag‘larni hisob-kitob qilish va moliyalashtirish manbalarini aniqlash;
• O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan zaxira maqsadlari uchun talab etiladigan byudjet mablag‘lari bo‘yicha taqdim etilgan buyurtmanomaga asosan byudjet mablag‘larini o‘z vaqtida ajratilishini va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish;
• tayyorlov korxonalari tomonidan kredit mablag‘lari uchun bank muassasalariga taqdim etilgan buyurtmanomalar bo‘yicha kreditlar ajratilishini nazoratga olish;
• g) 2019-2020 yillar qish va bahor mavsumida ichki iste’mol va ijtimoiy sohalar ehtiyojlari uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish va savdoga chiqarish bo‘yicha monitoring olib borish bo‘yicha respublika ishchi guruhiga (Xo‘jayev):
• qish va bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini hududlar, "O‘zbekoziqovqatzaxira" uyushmasi va ijtimoiy sohalar bo‘yicha zaxiraga jamg‘arishning belgilangan prognoz hajmlari bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kunlik tahlil ma’lumotlarini kiritib borish;
• qish va bahor mavsumi uchun zaxiraga jamg‘arilgan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini hududlar va "O‘zbekoziqovqatzaxira" uyushmasi bo‘yicha ichki iste’molga savdoga chiqarish va ijtimoiy sohalar bo‘yicha maqsadli ishlatilishi bo‘yicha tarmoq jadvallari ijrosi yuzasidan kunlik monitoring olib borish va Vazirlar Mahkamasiga tahliliy ma’lumotlarni taqdim etish;
• d) 2019-2020 yillar qish va bahor mavsumi uchun ichki iste’mol maqsadlari va ijtimoiy sohalar ehtiyojlari uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish, ichki bozorga savdoga chiqarish va ijtimoiy soha muassasalari tomonidan ishlatilishini nazorat qilish bo‘yicha respublika ishchi guruhiga (Musayev):
• 2019-2020 yillar qish va bahor mavsumi uchun ichki iste’mol maqsadlari va ijtimoiy sohalar ehtiyojlari uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arishga jalb etilgan xo‘jalik sub’ektlari tomonidan taqdim etilgan hisobotlarning haqqoniyligini o‘rganish;
• zaxiraga jamg‘arilgan mahsulotlar omborxonalar va sovutgichli sig‘imlarda daxlsiz saqlanishini nazorat qilish, mahsulotlar tarmoq jadvallari asosida savdo chiqarilishini va ijtimoiy soha muassasalari tomonidan maqsadli ishlatilishini o‘rganish;
• zaxira omborlaridan ichki iste’mol bozoriga savdoga chiqariladigan mahsulotlarning narxlari shakllanishini nazorat qilish.
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi va "O‘zbekoziqovqatzaxira" uyushmasi:
• joriy yil 1 oktyabrgacha qadar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash hajmlariga mos omborxonalar va sovitish sig‘imlarini xatlovdan o‘tkazadilar, xatlov natijalariga ko‘ra ijtimoiy soha muassasalari uchun belgilangan hajmlarni saqlashga, yetkazib berishga ixtisoslashgan tashkilotlar ro‘yxatini alohida ko‘rsatgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot taqdim etsinlar hamda ana shu mahsulotlarning nes-nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun zarur shart-sharoitlar yaratadilar;
• prognoz hajmlarga muvofiq 2019-2020 yillar qish-bahor mavsumida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari to‘liq hajmda va belgilangan muddatlarda g‘amlab qo‘yilishini ta’minlaydilar;
• 2020 yil 1 yanvarga qadar, tasdiqlangan tarmoq jadvallari asosida zaxiraga qo‘yilgan mahsulotni ichki iste’mol bozoriga yetkazib berish va savdo shoxobchalarini belgilangan tartibda joylashtirish jadvallarini ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar. Bunda mahsulotlar respublikaning barcha mintaqalari, shu jumladan, tog‘li va borish qiyin bo‘lgan hududlari bo‘yicha bir tekis taqsimlanishi hisobga olinadi;
• 2020 yil 1 yanvardan 2020 yil 1 iyungacha bo‘lgan davrda zaxira qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini savdo shoxobchalariga yetkazib berish va ijtimoiy soha muassasalari ehtiyojlari uchun ishlatish tarmoq jadvallari bajarilishi ustidan har hafta monitoring olib boriladi, uning natijalari bo‘yicha respublika ishchi guruhlariga (Vahobov, Abduhakimov) tegishli axborot har o‘n kunda taqdim etib borilishini ta’minlaydilar;
• mavjud muammoli masalalar bo‘yicha ularni hal etish yuzasidan aniq takliflar bilan respublika ishchi guruhlariga axborot taqdim etgan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini g‘amlash, savdoga chiqarish va maqsadli ishlatish bo‘yicha tasdiqlangan tarmoq jadvallari qanday bajarilayotganining xar o‘n kunda monitoringini olib boradi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr