Bosh vazir Gruziya Parlamenti raisini qabul qildi
Jamiyat
−
08 aprel
3202O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Gruziya Parlamenti raisi Shalva Papuashvili boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Bosh vazir matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 8 aprel kuni Vazirlar Mahkamasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Gruziya delegatsiyasi bilan o‘tkazgan uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar, ko‘p asrlik do‘stlik va o‘zaro hurmat tamoyillari asosida jadal rivojlanib borayotgani, ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlangan.
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika, turizm va madaniy-gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish zarurligiga e’tibor qaratilgan.
Bunda Hukumatlararo komissiya faoliyati muhim o‘rin tutishi, uning navbatdagi yig‘ilishi kun tartibini ikkala tomon uchun ham birdek manfaatli bo‘lgan loyihalar bilan boyitishga alohida e’tibor qaratish lozimligi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 28 mart kuni Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur xalq hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazgan edi.
LiveBarchasi