Bosh prokuror mahalliy hokimliklardagi korrupsiya holatlarini ochib tashladi

Jamiyat

Bosh prokuror banklardagi uyushgan jinoiy guruhlar haqida ma’lumot berdi north_east

Bosh prokuror banklardagi uyushgan jinoiy guruhlar haqida ma’lumot berdi

O‘zbekistonda yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazish jarayonida respublika bo‘yicha 967 ta holatda 34 822 gektar yer maydoni qonunga zid ravishdja ajratib berilgan. Bu haqda Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev raisligida o‘tgan korrupsiya holatlari, kuzatilayotgan sohalar hamda vazirlik va idoralarda buning sabab va shart-sharoitlariga bag‘ishlangan idoralararo yig‘ilishda ma’lum qilindi.  

Majlisda yer ajratishda noqonuniy sotish, undan foydalanishda korrupsiya, tanish-bilishchilik, oshna-og‘aynigarchilik holatlari mavjudligi muhokama qilindi. 

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevga ko‘ra, 967 ta holatda 34 822 gektar yer maydoni qonunga zid ajratib berilgan. Jumladan, Buxoro viloyatida qisqa muddatda o‘tkazilgan o‘rganishlarda 21 493 gektar yerni noqonuniy muomalaga qaratish bilan bog‘liq qonunga zid qarorlar qabul qilingani aniqlangan. 

Shuningdek, Jondor tumani hokimi joriy yilning 16 maydagi qarori bilan o‘rinbosarining yaqin qarindoshiga 100 gektar yer maydonini chorvachilik yo‘nalishida, garchi yetarli chorvasi bo‘lmasa-da noqonuniy ajratib bergan.

Yer ajratish jarayonlarida korrupsiyaviy jinoyatlari uchun so‘nggi ikki yilda hokimliklarning 22 nafar mas’ul xodimlari javobgarlikka tortilgan.

Xususan, Arnasoy tuman hokimining o‘rinbosari S. “Oqqush halol parranda” jamiyati rahbari J.ga 10 gektar yer ajratib berish evaziga 13 ming dollar talab qilib, 2 ming dollar olganida, qo‘lga tushgan.

Bundan tashqari, shu kabi, yer ajratib berish evaziga Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosari Z. 5 ming, Buvayda tumani hokimi o‘rinbosari D. 20 ming, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi uy-joy shirkatlari uyushmasi raisi A. 35 ming dollar olgani uchun qonun oldida javob bergan.

Bosh prokuror ayrim xodimlarning tadbirkorlarga yordam berish o‘rniga, ulardan ta’magirlik yo‘li bilan pul undirayotganini tanqid qildi va misol tariqasida Surxondaryo viloyat hokimligi bo‘lim boshlig‘i I. Sho‘rchi tuman hokimligi bosh mutaxassisi T. orqali tadbirkor B.dan 1 mlrd so‘m imtiyozli kredit olishida yordam bergani uchun 2 ming dollar talab qilib olganini urg‘uladi.

Shuningdek, Yo‘ldoshevga ko‘ra, bo‘sh binolarni tadbirkorlikka jalb qilish borasida ham turli qonun buzilishlarga yo‘l qo‘yilmoqda. 

Misol uchun, Andijon viloyat hokimligi mutaxassisi Q. muqaddam sudlangan A. va M. bilan til biriktirib, soxta hujjatlar bilan  Shahrixon tuman Silga qarshi kurashish dispanseri binosini “nol” xarid qiymatida qo‘lga kiritgan. 

Keyinchalik binoda hech qanday tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ymasdan, binoni buzib, qurilish materiallarini 760 mln so‘mga sotib yuborgan.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya Bosh prokuror hokimliklardagi korruptsiya

Baholaganlar

183

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing