Namanganda Davlat xizmatlari markazi xodimi ming dollar olganda ushlandi
3-sahifa
−
16 fevral
7163Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda Davlat xizmatlari markazi (DXM) xodimi ming dollar pora bilan ushlangani haqida xabarlar tarqalgandi. Viloyat Adliya boshqarmasi mazkur holatga o‘z munosabatini bildirdi.
Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati va IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda Namangan shahar DXM sobiq xodimi X.R. korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan vaqtda qo‘lga olingan.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan sobiq xodim X.R. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Namangan shahar DXM xodimidan korrupsiyaviy qoidabuzarliklar sodir etmaslik va sodir etgan taqdirda qo‘llaniladigan javobgarlik choralari yuzasidan ogohlantirish berilgan.
Eslatib o‘tamiz, Namanganda soliq inspeksiyasi mansabdori pora bilan ushlangandi.
LiveBarchasi