Bosh prokuratura yirik miqdordagi alkogol mahsulotini fosh qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi departamenti yirik miqdordagi hujjatlarsiz alkogol mahsulotlarini fosh qildi.

Departamentning Nukus shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Nukus shahri, Ye.Alako‘z ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib borayotgan 2 ta Damas rusumli avtomashinalar to‘xtatilib ko‘zdan kechirilgan. Natijada fuqaro Q.Q hech qanday hujjatlarsiz 2 844 shisha “Qaratau” nomli aroqlarni sotish maqsadida olib ketayotgani aniqlangan.

Shuningdek, uning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, sotish maqsadida saqlab qo‘yilgan umumiy qiymati 233,9 mln so‘mlik jami 19 687 shisha alkogol mahsulotlari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan Q.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura alkogol' mahsuloti

Baholaganlar

53

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made