Bosh prokuratura o‘quvchining kaltaklanishi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi
Jamiyat
−
08 Oktabr 2019
6177Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida maktab o‘quvchisi kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Unga video ham ilova qilingandi. Videoyozuvda Andijon viloyati, Asaka tumanidagi 30-sonli umumta’lim maktabining 3-sinf o‘kuvchisini ushbu maktab geografiya fani o‘kituvchisi shapaloq urganligi va uni haqorat qilganligi qayd etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati mazkur voqea yuzasidan bayonot berdi.
O‘rganish davomida, videoyozuv va maqoladagi o‘quvchi tumandagi 30-sonli umumta’lim maktabining 7-V sinf o‘quvchisi Sh.M. hamda geografiya fani o‘kituvchisi N.E. ekanligi ma’lum buldi.
Holatga aniqlik kiritish maqsadida maktab direktori va uning o‘rinbosarlari, o‘qituvchilar hamda psixolog ishtirokida voyaga yetmagan Sh.M. hamda uning sinfdoshlaridan tushuntirish xatlari olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi