Bosh prokuratura Trailblazer sotib olganini inkor qildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Davlat xaridlari portalining ma’lumotiga asosan 2020 yil davomida Bosh prokuratura “UzAutoMotors” AJdan 39 ta (dastlab 25 ta, keyin 14 ta) Lacetti, 1 tadan Equinox hamda Trailblazer avtomashinalarini sotib olgani haqida xabar tarqaldi.

Bosh prokuratura Matbuot xizmati mazkur xabar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi tufayli xarajatlar cheklovlari kiritilishiga qadar Bosh prokuratura tomonidan “UzAutoMotors” AJdan Lacetti hamda Equinox rusumli avtomashinalari sotib olingan.

Biroq, Bosh prokuratura Trailblazer rusumli avtomashina xarid qilinganini rad etdi.

“Equinox rusumli avtomashina O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining roziligi bilan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida qonun xujjatlari ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari (yangi shtat birligi) xizmatda foydalanishi uchun xarid qilingan. 

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xizmat avtomashinalari byudjetdan tashqari jamg‘arma hisobidan xarid qilinganligi ma’lum qilinadi”, deyilgan xabarda.

Avvalroq, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ ham 398 mln so‘mga Trailblazer rusumli avtomobil sotib olgani ma’lum bo‘lgandi. Jamiyat bu xaridini uzoq masofaga hamda tog‘li sharoitlarda foydalanish uchun ekani bilan izohlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura

Baholaganlar

170

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing