Bosh prokuratura o‘lgan qizi uchun tovon ololmay o‘zini yoqqan ayol bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Avvalroq, joriy yilning 30 noyabr kuni Andijon viloyat prokuraturasi binosi oldida qizining o‘limi uchun Spark ololmayotgan ayol kishi o‘zini yoqib yuborgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur xabar jamoatchilik orasida keng muhokamalar sabab bo‘lgani, o‘z joniga qasd qilgan qizning yoshi hamda o‘ziga o‘t qo‘ygan ayolning kuyish darajasi bo‘yicha turli talqinlar kuzatilayotgani uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 24 iyul kuni 1999 yilda tug‘ilgan, Andijon mashinasozlik institutining 2-kurs talabasi N.Murodjon o‘z mobil telefoniga 2004 yilda tug‘ilgan, umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi voyaga yetmagan T.Madinabonuni suratga olgan.

Ushbu fotosuratlar boshqalarga oshkor bo‘lishidan qo‘rqib fuqaro T.Madinabonu o‘z joniga qasd qilgan.

2020 yil 30 noyabr kuni soat taxminan 12:20 larda tergov harakatlari davomida gumonlanuvchidan Spark atomashinasini undirib berishni talab qilib Andijon viloyat prokuraturasiga kelgan, marhumaning onasi 1983 yilda tug‘ilgan B.Sohiba, prokuratura binosi oldida o‘ziga o‘t qo‘ygan.

Ko‘rsatilgan tezkor yordam natijasida u shifoxonaga yotqizilgan.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali kombustiologiya bo‘limida fuqaro B. Sohibaga nisbatan yuritilgan 19344/436-sonli tibbiy bayonnoma va bo‘lim shifokorining 30 noyabrdagi dastlabki ma’lumotnomasiga asosan B. Sohiba o‘zini yoqib yuborishi natijasida “Alangadan I-II-IIIA darajada yuzi, bo‘yni, ko‘krak qafasi, ikkala qo‘llarining 15 foizi” kuygan.

Qayd etish kerakki, fuqaro B. Sohibaning o‘zini yoqib tan jaroxati olganligi holati bo‘yicha 30 noyabr kuni sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan. 

Biroq, bemor shu kuning o‘zidan sud tibbiy ekspertizasidan o‘tishdan bosh tortib, o‘zining yashash xonadoniga ketib qolgan. B.Sohibani takroran sud tibbiy ekspertizasidan o‘tkazish uchun yashash xonadoniga sud tibbiy ekspertizasi eksperti M.Dexqonov, profilaktika inspektorlari I.Qahhorov, D.Ismoilov va ikki nafar xolislar bilan birgalikda borilganida u ekspertizadan o‘tishdan takroran bosh tortgan.

“Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan qilingan har bir rasmiy bayonot asosli hamda aniq fakt va dalillarga tayangan holda e’lon qilinadi”, deya ta’kidlagan Bosh prokuratura.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura

Baholaganlar

363

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing