BP is gazidan vafot etgan ota va uning 3 bolasi haqida ma’lumot berdi

3-sahifa

image

Avvalroq, Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida ota va uning 3 nafar farzandi is gazidan vafot etgani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Qayd etilishicha, tekshirish doirasida marhumlarning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Sud-tibbiyot ekspertizasining ma’lumotida marhumlarning o‘limi “is gazidan o‘tkir zaharlanish”dan kelib chiqqani ko‘rsatilgan.

Ma’lumot uchun,  joriy yilning 17 dekabr kuni soat 15:40 larda Qarshi shahar “Kunchiqar” MFYda yashovchi 1978 yilda tug‘ilgan B.T. (erkak) va uning farzandlari 2006 yilda tug‘ilgan T.A. (o‘g‘il bola), 2008 yilda tug‘ilgan S.A. (qiz bola), 2014 yilda tug‘ilgan M.A. (qiz bola) isitish tizimidan chiqqan is gazidan zaharlanish oqibatida o‘z yashash xonadonida vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Asaka tumanida er-xotin yashash xonadonida qo‘lbola usulda yasalgan isitish pechiga solingan ko‘mir yoqilg‘isidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura is gazi tergov Qarshi shahri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing