Bosh prokuratura Chilonzordagi qotillik bo‘yicha bayonot berdi

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkentning Chilonzor tumanida 43 yashar erkak 28 yashar yigitni qasddan o‘ldirdi. Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi rasmiy axborot berdi. 

1976 yilda tug‘ilgan Yu.M. va 1991 yilda tug‘ilgan A.G. joriy yilning 7 iyul kuni Chilonzor tumani, 8-mavzeda joylashgan xonadonlarning biriga mehmonga borib, spirtli ichimliklar iste’mol qilishgan.

8 iyul kuni soat 06:00 larda o‘rtalarida kelib chiqqan janjal natijasida Yu.M. fuqaro A.G.ning ko‘krak qafasiga oshxona pichog‘i bilan bir marotaba urib, uni qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Yu.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yu.M. tegishli protsessual tartibda ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Qotillik

Baholaganlar

53

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing