Bosh prokuratura 2019 yilning ikki oyida qancha jinoyat sodir etilganini ma’lum qildi

Jamiyat

image

Bosh prokuratura tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda jinoyatlarni fosh etish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rildi. Prokuratura Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha:

  • joylarda amaliy yordam ko‘rsatish uchun Bosh prokuratura va IIV xodimlari tarkibidan doimiy faoliyat yuritadigan ishchi guruhlar tashkil etildi;
  • jinoyatlarni tezkor fosh etish bo‘yicha hududlarda tajribali xodimlar (ekspertlar, kriminalistlar, tergovchilar)dan iborat ishchi guruhlar tuzildi;
  • joriy yilning 1 martidan elektron jinoiy-xuquqiy statistika oid yagona axborot tizimi ishga tushirildi;
  • onlayn rejimda nazorat imkonini beruvchi fosh etilmagan jinoyatlarning yagona elektron bazasi yaratildi;
  • huquqbuzarliklar profilaktikasi bilan shug‘ullanuvchi organlarning hamkorligini ta’minlovchi dasturiy ilova yaratildi hamda Navoiy viloyatida sinov tariqasida ishga tushirildi;
  • ixtiyoriy taslim bo‘lsa, ehtiyot chorasi o‘zgartirilishi haqida qidirilayotgan shaxslarning qarindoshlariga tushuntirishlar berilmoqda.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, joriy yilning ikki oyida:

  • 4 246 ta jinoyat sodir etilgan, bu ko‘rsatkich 2018 yilning shu davriga (5 811) nisbatan 27 foizga kamaygan;
  • O‘zbekistonda 100 ming aholiga o‘rtacha 13,3 ta jinoyat to‘g‘ri kelmoqda (bu ko‘rsatkich Tojikistonda – 40, Ozarbayjon – 44, Moldova – 150, Rossiya – 225, Qozog‘iston – 240 ni tashkil etadi), jinoyatchilik darajasi o‘tgan yilga (18,1) nisbatan 26,5 foizga kamaygan;
  • jinoyat sodir etganligi uchun qidirilayotgan shaxslarning 277 nafari ushlandi, 346 ta jinoyat ishi sudlarga yuborildi;
  • fosh etilmagan jinoyatlar soni (87) o‘tgan yil bilan (144) solishtirganda 40 foizga kamaygan;
  • sodir etilgan barcha qotillik, bosqinchilik, og‘ir tan jarohat yetkazish, nomusga tegish jinoyatlari to‘laqonli fosh etildi;
  • jinoyat sodir etgan 93 nafar shaxsning xorijiy davlatlardan ekstraditsiyasi ta’minlandi.

Maqola muallifi

Teglar

jinoyat Bosh prokuratura

Baholaganlar

29

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing