Bosh muftiyga pichoq bilan hujum qilindi
Olam
−
11 Sentabr
38615Tojikistonda mamlakat bosh muftiysi Abdulqodirzoda Saidmukarramga hujum uyushtirildi. Oqibatda muftiy yaralangan, biroq uni shifoxonaga yotqizish talab qilinmagan. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa bugun, 11 sentyabr kuni soat 17:20 da asr namozidan so‘ng Dushanbedagi markaziy masjid yaqinida sodir bo‘lgan. Jinoyatchi Tojikiston ulamolari raisiga o‘tkir tig‘li asbob – pichoq bilan zarba bergan.
“Jinoyatchining hujumi oqibatida Abdulqodirzoda S. yengil tan jarohati oldi. U shifokorlar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib, yashash joyiga kuzatib qo‘yildi”, deyiladi xabarda.
Hujum qilgan shaxs qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Hozirda voqea sabablari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Ostona shahrida masjiddagi odamlarni pichoq bilan qo‘rqitgan noma’lum shaxs qo‘lga olingan edi.
LiveBarchasi