“Borussiya Dortmund” Jud Bellingemga narx belgiladi

Sport

image

Germaniyaning “Borussiya Dortmund” klubi futbolchisi Jud Bellingemni 93 million yevroga sotishga tayyor. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.

Angliyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar sifatida “Manchester Siti” ko‘rilmoqda. “Siti” rasmiylari Jud uchun kurashda “Manchester Yunayted” va “Liverpul”ni ortda qoldirishiga ishonmoqda. Shuningdek, Bellingemning xizmatlariga “Real Madrid” ham befarq emas. 19 yoshli futbolchining o‘ziga ham “Real”da o‘ynash variant qiziqarli tuyulmoqda. 

Qayd etish kerakki, Bellingem 2020 yilning yozida “Borussiya Dortmund” klubiga 25 million yevro evaziga “Birmingem” jamoasidan kelib qo‘shilgandi. Angliyalik futbolchi o‘tgan ikki mavsum davomida Yevropaning eng kelajagi porloq yarim himoyachilaridan biri sifatida e’tirof qilina boshladi. 

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Jud Bellingem “Borussiya Dortmund” safida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2025 yilda yakuniga yetadi. “Transfermarkt” portali angliyalik iqtidor egasini 90 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jud Bellingem

Baholaganlar

14

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing