“Real” Bellingem bilan shartnomani uzaytirdi – OAV

Sport

−

image

Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem bilan amaldagi shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028-2029 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. 23 yoshli Bellingem 2023 yilda “Borussiya Dortmund”dan “Real Madrid”ga o‘tgan. U Madrid klubi safida Ispaniya chempionati, Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi, Qit’alararo kubok va Ispaniya Superkubogi g‘olibiga aylangan.

Ingliz futbolchisi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, Bellingem Angliya terma jamoasi safida 60 ta o‘yinda ishtirok etib, 14 ta gol muallifi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing